35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Pillakashda yoshlar uchun muhim tashabbuslar namoyish etildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
📌 Deputat tomonidan maktabdagi qurilish ishlari o‘rganild

📌 Deputat tomonidan maktabdagi qurilish ishlari o‘rganildi

✔️ Xalq deputatlari Samarqand viloyati Kengashi deputati Z.Jabborova tomonidan 2-Qo‘rg‘oncha saylov okrugida joylashgan 14-sonli umumta’lim maktabida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🌀O‘rganish O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-141-sonli qarori ijrosini ta’minlash hamda Islom taraqqiyoti banki mablag‘lari hisobidan amalga oshirilayotgan loyihalar holatini nazorat qilish maqsadida tashkil etildi. Jarayonda tuman Kengashi Yoshlar maslahat guruhi a’zosi M.Yusupova ham ishtirok etdi.

♾ Deputat maktab hududida barpo etilayotgan yengil konstruksiyali zamonaviy sport zali va oshxona qurilishi bilan yaqindan tanishib, ishlarning borishi, qurilish sifati, bajarilgan ishlar hajmi hamda belgilangan muddatlarga rioya etilishi holatini atroflicha o‘rgandi.

⚡️Shuningdek, qurilish-montaj ishlari davomida xavfsizlik talablariga amal qilinishi, obyektning zamonaviy talablarga mos ravishda bunyod etilishi hamda kelgusida o‘quvchilar uchun yaratiladigan sharoitlar yuzasidan mas’ullar bilan fikr almashildi.

👍 Deputatlik nazorati davomida mutasaddilarga qurilish ishlarini sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, yaratilayotgan infratuzilmaning uzoq muddatli va samarali xizmat qilishini ta’minlash hamda o‘quvchilar uchun barcha zarur qulayliklarni yaratish bo‘yicha tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

⚡️ Ta’lim muassasalarida zamonaviy sharoitlarni yaratish, yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishi va sifatli ta’lim olishi uchun munosib infratuzilmani shakllantirish masalalari deputatlar e’tiboridagi ustuvor yo‘nalishlardan biri bo‘lib qolmoqda.

Slide 1 of 6