35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Pillakashda yoshlar uchun muhim tashabbuslar namoyish etildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
“Eskishahar” mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga olib chiqish, “mahalla yettiligi” faoliyatini samarali tashkil etish hamda aholi muammolarini joyida aniqlash va hal etish yuzasidan deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Shu doirada, xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi kotibiyati mudiri, deputat A.Ashurov hamda kotibiyat bosh mutaxassisi A.Temirovlar shaharning 20-“Eskishahar” saylov okrugi deputati Sh.Lolayev okrugiga qarashli “Eskishahar” mahallasida bo‘libmahallada amalga oshirilayotgan ishlarni o‘rgandilar.

O‘rganish jarayonida mahalla raisi ishtirokida muhokoma yig‘ilish o‘tkazilib, mahallada aholi bilan ishlash, mavjud muammolarni aniqlash va ularni manzilli hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash hamda mahalla boshqaruvini samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Mazkur nazorat-tahlil tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari asosida tashkil etildi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-son Farmonida belgilangan vazifalarning mahalla miqyosida ijrosini ta’minlash, “mahalla yettiligi”ning o‘zaro hamkorligini kuchaytirish va aholining murojaatlarini joyida hal etish bo‘yicha vazifalar atroflicha ko‘rib chiqildi.

Shuningdek, aniqlangan muammo va kamchiliklarni bartaraf etish, belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda mahallada amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligini oshirish yuzasidan tegishli mas’ullarga tavsiyalar berildi.