Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
KAMBAG‘ALLIKNI QISQARTIRISH BO‘YICHA XATLOV ISHLARI OLIB BORILMOQDA
янв.21
Kengash raisi nazorati: Mahallalarda aholi bandligi masalalari o‘rganildi
янв.21
TOSHQO‘RG‘ON MAHALLASIDA ZAMONAVIY PIYODALAR YO‘LAGI BARPO ETILMOQDA
янв.21
Popda ezgu tashabbus: farzandlarga zarur jihozlar yetkazildi
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati A. Akbarov tuman Kengashning haftalik ish rejasi doirasida, Ittifoq mahallasida elektr ta’minoti yuzasidan kelib tushgan fuqarolar murojaatini joyiga chiqqan holda o‘rgandi.
янв.21
GENDER TENGLIK FAOLI MILLIY TANLOVINING TUMAN BOSQICHI BO‘LIB O‘TDI
янв.21
Doimiy komissiya: Oziq-ovqat xavfsizligi boʻyicha 34-sonli maktabgacha ta’lim tashkilotida oʻrganildi!
янв.21
CHORKESAR MAHALLASIDAGI 3-MAKTABDA YANGI SPORT INSHOOTLARI BARPO ETILDI!
янв.21
Tuman mahalla uyushmasida sessiya qarori ijrosi o‘rganildi
янв.21
Deputat nazorati: Kasbiy ta’lim — yoshlar kelajagi uchun muhim poydevor
Faoliyat samaradorligi va mas’uliyat: Kengash raisi D.Normuradova boshchiligida doimiy komissiyalar hamda ekspert guruhlari faoliyati tahlil qilindi!
Mahalliy Kengashlar faoliyatining samaradorligi, qabul qilinayotgan qarorlarning hayotiyligi hamda ijro intizomining mustahkamligi bevosita doimiy komissiyalar va ekspert guruhlarining faolligiga bog‘liqdir.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi D.Normuradova boshchiligida Kengashning doimiy komissiyalari raislari, ekspert guruhi a’zolari hamda Kengash kotibiyati mas’ullari ishtirokida muhim ishchi yig‘ilish o‘tkazildi.

Yig‘ilish davomida Kengash doimiy komissiyalari hamda ekspert guruhlarining o‘tgan davr mobaynidagi faoliyati tanqidiy-tahliliy ruhda ko‘rib chiqilib, quyidagi ustuvor vazifalarga alohida e’tibor qaratildi:

• Nazorat-tahlil tadbirlari natijadorligi: Oliy Majlis Senati tomonidan belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” doirasida o‘tkazilayotgan o‘rganishlarning haqqoniyligi va manzilliligi;
• Sessiyalarga tayyorgarlik sifati: Doimiy komissiyalarda ko‘rib chiqilayotgan soha hisobotlari va sessiya kun tartibiga kiritiladigan qaror loyihalarining puxtaligi;
• Ekspert guruhlari salohiyati: Qaror loyihalarini ishlab chiqishda ekspert guruhi xulosalari va ilmiy-amaliy tavsiyalaridan unumli foydalanish darajasi;
• Ijro intizomi va deputatlik so‘rovlari: Saylov okruglarida aholi tomonidan ko‘tarilayotgan muammolar bo‘yicha yuborilgan deputatlik so‘rovlarining amaliy ijrosi.

"Kengashimiz sessiyalarida qabul qilinayotgan har bir qaror zamirida doimiy komissiyalar va ekspertlarimizning mehnati, tahlili yotadi. Biz shakliy hisobotlardan butunlay voz kechib, joylardagi haqiqiy holatni ko‘rsatib berishimiz va ijro organlari oldiga aniq talablarni qo‘yishimiz shart. Har bir komissiya o‘z yo‘nalishi bo‘yicha aholi manfaatlarini himoya qilishda tashabbuskor bo‘lishi lozim," — deya ta'kidladi Kengash raisi.

Yig‘ilish yakunida doimiy komissiyalar va ekspert guruhlari ishini yanada jonlantirish, o‘rganishlar ta’sirchanligini oshirish hamda navbatdagi sessiyaga puxta tayyorgarlik ko‘rish yuzasidan mas’ullarga aniq vazifalar yuklatildi.