Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligi yangi bosqichda

O‘zbekiston–Janubiy Koreya hamkorligi yangi bosqichda

⚡️O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning Janubiy Koreyaga davlat tashrifi mamlakatlarimiz o‘rtasidagi strategik sheriklik munosabatlarini yanada mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi.
⚡️Tashrif doirasida Koreya Respublikasi Prezidenti, Milliy Assambleya Spikeri, Bosh vazir, shuningdek, yirik kompaniyalar va moliya institutlari rahbarlari bilan o‘tkaziladigan uchrashuvlar iqtisodiyot, investitsiya, texnologiya, sanoat, ta’lim va boshqa ustuvor sohalarda hamkorlikni kengaytirish uchun yangi imkoniyatlar yaratadi.
⚡️Ayniqsa, ilg‘or texnologiyalar va innovatsiyalarni O‘zbekistonga jalb etish, yangi investitsiya loyihalarini amalga oshirish, zamonaviy ish o‘rinlarini yaratish hamda inson kapitali salohiyatini oshirish borasidagi hamkorlik yurtimiz taraqqiyoti uchun muhimdir.
⚡️Deputat sifatida ushbu davlat tashrifini O‘zbekistonning xalqaro nufuzini yuksaltirish, xorijiy investitsiyalar va zamonaviy texnologiyalarni jalb etish, eng muhimi, aholi farovonligini oshirishga xizmat qiladigan muhim qadam sifatida baholayman. O‘zbekiston–Janubiy Koreya strategik sherikligi yangi, amaliy natijalarga boy bosqichga ko‘tarilishiga ishonaman.

👉Zilola Shomurodova,
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi deputati,