Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
8 OYLIK FAOLIYAT: DEPUTAT SO‘ROVLARI ORQALI MUAMMOLAR YECHIM TOPMOQDA

Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi deputatlari tomonidan 2026-yilning 8 oyi davomida saylovchilar murojaatlari va hududlarda aniqlangan muammolarni o‘rganish, ularni mas’ul tashkilotlar oldiga olib chiqish hamda amaliy yechim topish maqsadida qator deputat so‘rovlari yuborildi.
📊 8 oy davomida jami 76 ta deputat so‘rovi yo‘llanib, ularning ijro holati tahlil qilindi.
Tahlil natijalariga ko‘ra:
🔹35 ta deputat so‘rovi ijobiy hal etilgan;
🔹 21 ta so‘rov bo‘yicha muammolar qisman bartaraf etilgan;
🔹 9 ta holatda qonuniy tushuntirish berilgan;
🔹 2 ta so‘rovga javob berilmagan;
🔹 2 ta so‘rov bo‘yicha javob berish muddati davom etmoqda;
🔹 7 ta so‘rovga belgilangan muddatdan kechikib javob berilgan.
🏘 Deputat so‘rovlarida hududlarni obodonlashtirish, yo‘l va piyodalar infratuzilmasi, ko‘p qavatli uylarning holati, kommunal xizmatlar, elektr ta’minoti, chiqindilarni olib chiqish, hududlarni yoritish va aholini qiynayotgan boshqa dolzarb masalalar o‘z aksini topgan.
🤝 Har bir deputat so‘rovi — saylovchilar murojaatining amaliy ifodasi. Muammoni aniqlash, uni tegishli tashkilotlar oldiga qo‘yish va natijasini nazorat qilish deputatlik faoliyatining muhim yo‘nalishlaridan biridir.
Xalq deputatlari Chilonzor tumani Kengashi tomonidan ijrosi ta’minlanmagan va javobsiz qolgan deputat so‘rovlari yuzasidan tegishli tashkilotlar bilan ishlar davom ettirilmoqda.
8 oylik faoliyat — raqamlar emas, avvalo aholi muammolarini hal etishga qaratilgan amaliy ishlar natijasidir.