Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
MAHALLADAGI MUAMMOLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

#deputatlik_faoliyati #Kotibiyat_hududlarda #haftalik_ish_reja_ijrosi #ekspert_guruhlari

MAHALLADAGI MUAMMOLAR — DEPUTAT E’TIBORIDA

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashiga O‘zLiDePdan saylangan “3-Istirohat” saylov okrugi deputati Xalmatov Bobur Baxodirovich tomonidan Istirohat mahalla fuqarolar yig‘inida mahalla raisi, faollari hamda mas’ullar ishtirokida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

↗️ Uchrashuv davomida mahalladagi mavjud holat, aholini qiynayotgan masalalar hamda ularning yechimi yuzasidan atroflicha fikr almashildi. Ayniqsa, aholi bandligini ta’minlash, fuqarolarning doimiy daromad manbalarini kengaytirish va kambag‘allikni qisqartirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar muhokama qilindi.

📊 Mahallada ish izlayotgan fuqarolarni aniqlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tadbirkorlik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

📁 Shuningdek, mahalladagi muammoli vaziyatlar tahlil qilinib, ularni bosqichma-bosqich bartaraf etish, mas’ul tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va ko‘tarilgan masalalarni deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar bildirildi.

💼 Mazkur uchrashuvda Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Umidbek Abilov, Ekspert guruhi a’zolari, mahalla raisi va faollari ishtirok etdi.

Slide 1 of 3