Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
#_deputat_faoliyati #_24_ta_masala Alisher Navoiy mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi

#_deputat_faoliyati
#_24_ta_masala
Alisher Navoiy mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi


Aholining muammolarini bevosita xonadonbay o‘rganish, fuqarolar murojaatlariga manzilli yechim topish hamda ularning ijtimoiy sharoitini yaxshilash borasidagi ishlar izchil davom ettirilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashi deputati M.Zaripova tomonidan tumandagi Alisher Navoiy mahallasida xonadonbay o‘rganish ishlari olib borildi.

O‘rganish jarayonida mahalla hududidagi xonadonlarga tashrif buyurilib, fuqarolar bilan bevosita muloqot qilindi. Suhbatlar davomida aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ijtimoiy-maishiy sharoiti, bandlik masalalari, oilalarning ehtiyojlari hamda murojaat va takliflari atroflicha o‘rganildi.

Fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaatlar tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli tashkilotlar bilan hamkorlikda zarur choralarni ko‘rish, masalalarni nazoratga olish va imkon qadar qisqa muddatlarda ijobiy yechim topish yuzasidan tegishli vazifalar belgilandi.

Xonadonbay o‘rganishlarning asosiy maqsadi — har bir oilaning muammosini chuqur o‘rganish, aholining ijtimoiy himoyaga muhtoj qatlamlarini qo‘llab-quvvatlash, fuqarolar murojaatlariga e’tibor qaratish va aniqlangan masalalarni amaliy jihatdan hal etishdan iborat.

Shuningdek, bunday uchrashuvlar davomida fuqarolarga amaldagi imkoniyat va imtiyozlar, davlat tomonidan aholini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan dasturlar haqida tushuntirishlar berilib, mavjud muammolarni bartaraf etishda tegishli mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikni kuchaytirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari tuman Kengashi deputatlarining aholi bilan ochiq va bevosita muloqoti hududdagi muammolarni aniqlash, ularning yechimini topish hamda xalq manfaatlarini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda.

Slide 1 of 1