Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
HOKIM YORDAMCHILARI TOMONIDAN AMALGA OSHIRILAYOTGAN ISHLAR SAMARADORLIGI, XUSUSAN AHOLINI KAMBAG’ALLIKDAN CHIQARISH ISHLARI O‘RGANILDI.

Xalq deputatlari Parkent tuman Kengashiga 9-“Qo‘rg‘on” saylov okrugidan saylangan deputat To‘ychiyev Naimjon Yusupovich tomonidan o‘zi saylangan hududdagi “Qo‘rg‘on” mahallasida “Mahalla yettiligi” tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar, xususan, hokim yordamchisining faoliyati o‘rganildi.O‘rganish davomida aholini kambag‘allikdan chiqarish, fuqarolar bandligini ta’minlash,oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish, shuningdek, aholi uchun qo‘shimcha va barqaror daromad manbalarini yaratish borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.Hokim yordamchisi Mirzaraxmatov Mirzaraxmon tomonidan taqdim etilgan ma’lumotlarga ko‘ra, Oilaviy tadbirkorlikni rivojlantirish dasturi, “Mahalla loyihasi” va “Biznesga birinchi qadam” dasturlari doirasida tijorat banki bilan hamkorlikda 17 nafar fuqaroga jami 320 million so‘m kredit mablag‘lari ajratilgan.Shuningdek, 7 nafar fuqaro kasb-hunarga o‘qitilib,vaucher asosida ta’lim olgan hamda o‘qishni muvaffaqiyatli yakunlab, tegishli sertifikatlarga ega bo‘lgan.Joriy yilning 8 oyi davomida
mahallada 26 nafar fuqaro doimiy ishga joylashtirilgan, 90 nafar fuqaro esa o‘zini o‘zi band qilgan shaxs sifatida ro‘yxatdan o‘tkazilgan. Bundan tashqari,3 nafar fuqaro uchun kichik ishlab chiqarish va xizmat ko‘rsatish yo‘nalishlarida mikroloyihalar amalga oshirilib, ular o‘z faoliyatini boshlagani qayd etildi.O‘rganish yakunida mahalla fuqarolar yig‘ini raisi hamda “Mahalla yettiligi” bilan hamkorlikda aniqlangan muammolarni bosqichma-bosqich hal etish, ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalarni qo‘llab-quvvatlash, aholi bandligini yanada oshirish va yangi daromad manbalarini yaratish bo‘yicha amalga oshirilishi lozim bo‘lgan vazifalar belgilab olindi.Deputat tomonidan hududda aholini kambag‘allikdan chiqarish borasidagi ishlarning natijadorligini muntazam kuzatib borish, belgilangan vazifalarning ijrosini nazorat qilish hamda mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish muhimligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 3