Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
OAV biz haqimizda...
янв.21
TADBIRKORLIKNI RIVOJLANTIRISH VA AHOLI DAROMADLARINI OSHIRISH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
DEPUTATLIK NAZORATI: MAKTABNING KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIGI O‘RGANILDI
янв.21
SESSIYA QARORI IJROSI AMALDA: CHIG‘ANOQ MAHALLASIDA BUNYODKORLIK ISHLARI NAZORAT QILINDI
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya muhokama yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
YOSHLAR O‘RTASIDA KURASH OMMALASHTIRILMOQDA
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish va aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlar davom etmoqda
янв.21
ICHIMLIK SUVI INSHOOTINING TA’MIRLASH HOLATI O‘RGANILDI
янв.21
Fuqarolar murojaati ijobiy yechim topildi
янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
#24_ta_tavsiya #deputat faoliyati #sport

Jismoniy tarbiya va sport — bu nafaqat salomatlik garovi, balki yoshlarning irodasini shakllantiruvchi hamda ularni buyuk g‘alabalarga yetaklovchi muhim omildir. Shu bois, taʼlim muassasalarida sport infratuzilmasini yaxshilash doimiy eʼtiborda.
📌 Olmaliq shahar “Kamalak” mahallasi hududida joylashgan 18-sonli umumtaʼlim maktabida navbatdagi o‘rganish ishlari olib borildi.

Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati Muhiddin Abdullayev hamda hudud deputati Shodiya Alijonovaning vakili — Kengash Kotibiyati mudiri Sevara Qodirova maktabdagi mavjud sharoitlarni bevosita joyiga chiqqan holda ko‘zdan kechirishdi.

🔍 O‘rganish davomida nimalarga e’tibor qaratildi?
Maktabdagi sport zallarining holati va ularning xavfsizlik talablariga mosligi;
Sport anjomlari va jihozlarining yetarlilik darajasi hamda zaxirasi;
O‘quvchi-yoshlarni sport to‘garaklariga qamrab olish ko‘rsatkichlari.

Muloqot davomida maktab direktori bilan birgalikda o‘quvchilarning sport sohasida erishayotgan yutuqlari e’tirof etildi hamda ularni yanada ommaviy sportga jalb etish bo‘yicha istiqboldagi rejalar tahlil qilindi.

📝 Amaliy choralar: O‘rganishlar davomida aniqlangan ba’zi kamchiliklar va yechimini kutayotgan masalalar deputatning “Ko‘chama-ko‘cha” jurnaliga batafsil qayd etildi. Mazkur masalalarni tezkor va samarali hal etish yuzasidan tegishli mutasaddi tashkilotlarga deputatlik so‘rovi yuborilishi hamda ularning ijrosi nazoratga olinishi belgilandi.

Slide 1 of 4