35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Pillakashda yoshlar uchun muhim tashabbuslar namoyish etildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
Istirohat bog‘ining qurilish ishlari bilan tanishildi

Xalq deputatlari tuman Kengashining 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat U.Aripbayev tomonidan tumanning “Ma’rifat” mahallasida barpo etilayotgan “Bog‘i Eram” istirohat bog‘ida amalga oshirilayotgan qurilish ishlari o‘rganildi.

🟢O‘rganish davomida hududda aholi uchun zamonaviy, qulay va shinam dam olish maskanini shakllantirish maqsadida amalga oshirilayotgan ishlar bilan tanishildi. Xususan, hududni obodonlashtirish, ko‘kalamzorlashtirish, piyodalar uchun yo‘laklarni tartibga keltirish hamda mavjud obyektlarni tashqi jihatdan yaxshilash ishlariga e’tibor qaratildi.

🟢Ayni paytda istirohat bog‘ida hududni ko‘kalamzorlashtirish ishlari amalga oshirilmoqda. Bog‘ hududida yashil maydonlarni kengaytirish, obod va fayzli muhit yaratishga qaratilgan ishlar izchil davom ettirilmoqda. Shuningdek, tashrif buyuruvchilar uchun qulay harakatlanish imkoniyatini yaratish maqsadida piyodalar yo‘laklariga bruschatkalar yotqizish ishlari olib borilmoqda. Yo‘laklarni sifatli tashkil etish, ularning qulayligi va xavfsizligini ta’minlash masalalari o‘rganish jarayonida alohida qayd etildi.

🟢Bog‘ hududidagi obyektlarni tartibga keltirish maqsadida bo‘yoqlash ishlari ham amalga oshirilmoqda. Bu ishlar istirohat bog‘ining tashqi ko‘rinishini yanada yaxshilash va hududda yagona obodonlashtirish muhitini yaratishga xizmat qiladi.

🟢Deputat tomonidan qurilish va obodonlashtirish ishlarining sifatiga e’tibor qaratilib, bajarilayotgan har bir ish belgilangan talablar asosida, sifatli va puxta amalga oshirilishi zarurligi ta’kidlandi. Ayniqsa, piyodalar yo‘laklarini barpo etish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarida hududdan samarali foydalanish, aholi uchun qulaylik yaratish hamda istirohat bog‘ining estetik ko‘rinishini ta’minlash muhimligi qayd etildi.

Slide 1 of 7