35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
#162_ta_qonun_ijrosi

Xalq deputatlari Paxtakor tumani Kengashi deputati, tuman hokimi X.Abduvoxidov hamda tuman prokurori v.v.b. Z.Ne’matov boshchiligida “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi Qonuni talablarining hududda ijro etilishi hamda PQ-1 doirasida 3-chorak yakunlari bo‘yicha muhokamaviy yig‘ilish o‘tkazildi.

Korrupsiyaning oldini olish, korrupsiyaviy xavf-xatarlarni aniqlash va bartaraf etish, davlat organlari faoliyatida qonuniylik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.

Shuningdek, qonun talablarining amaliyotga tatbiq etilishi, mas’ullar tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar hamda mavjud kamchiliklarga e’tibor qaratildi.

Aniqlangan masalalar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berilib, qonun ijrosini ta’minlash bo‘yicha ishlarni yanada kuchaytirish zarurligi ta’kidlandi.

Slide 1 of 1