35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
#qabul #murojaatlar ijrosi #deputat faoliyati

Bugun Xalq deputatlari shahar Kengashi deputati, Olmaliq shahar hokimi Barxayot Meliyev tomonidan aholining dolzarb masalalari, taklif va mulohazalarini tinglash hamda ularga tezkor yechim topish maqsadida navbatdagi fuqarolar qabuli o‘tkazildi.

Samimiy va ochiq muloqot tarzida o‘tgan qabulda 71 nafar fuqaro ishtirok etib, o‘zlarini qiynayotgan masalalar yuzasidan murojaat qildi.
Murojaatlarning asosiy yo‘nalishlari:
🏠 Uy-joy bilan ta’minlash va sharoitlarni yaxshilash;
💰 Moddiy yordam ajratish va ijtimoiy muhofaza;
💼 Bandlik va bandlikni ta’minlashga ko‘maklashish;
⚡️ Kommunal sohadagi muammolar;
🩺 Tibbiy yordam ko‘rsatish va sog‘liqni saqlash;
🗺 Kadastr va yer masalalari.

Natijalar hamda ijro nazorati: Uchrashuv davomida fuqarolar bilan yuzma-yuz muloqot qilinar ekan, har bir murojaat sinchiklab o‘rganib chiqildi.
6 nafar fuqaroning murojaatiga joyida huquqiy va amaliy tushuntirishlar berilib, masalasi ijobiy hal etildi.

Qolgan barcha murojaatlar bo‘yicha tegishli tashkilot va bo‘lim rahbarlariga aniq topshiriq va ko‘rsatmalar berildi.
Har bir murojaatning o‘z vaqtida va sifatli bajarilishi shahar hokimligi va deputatlar tomonidan doimiy ijro nazoratiga olindi.

Slide 1 of 5