35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
#biriktirilgan_tashkilot

Xalq deputatlari Toyloq tuman Kengashi kotibiyati hamda 25-“Yangi Toyloq” saylov okrugi deputati M.Aminova tashabbusi bilan Charog‘bon mahallasining Bunyodkor ko‘chasida obodonlashtirish va yo‘lni yaxshilash ishlari amalga oshirildi.

O‘rganishlar davomida ko‘chadagi yo‘l holati ko‘zdan kechirilib, aholi uchun qulay va xavfsiz harakatlanish sharoitlarini yaratish maqsadida tegishli choralar belgilandi.

Tuman obodonlashtirish bo‘limi bilan hamkorlikda maxsus obodonlashtirish texnikasi jalb etilib, ko‘cha yo‘li tekislandi. Shuningdek, deputat tashabbusi orqali 1 kilometr yo‘lga moslashtirilgan tosh materiallari yetkazib berilib, yo‘lning holati yaxshilandi.

Mazkur amaliy ishlar natijasida Bunyodkor ko‘chasida harakatlanish uchun yanada qulay sharoit yaratilib, mahalla infratuzilmasini yaxshilashga xizmat qilindi.

Slide 1 of 3