35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
Ichimlik suvi muammosi va kommunal to‘lovlar: “Temiryo‘lchi” mahallasidagi masala deputatlik nazoratida

Termiz shahrining “Temiryo‘lchi” mahallasidagi Uvaysiy ko‘chasi, 50-son ko‘p kvartirali uy — umumiy yotoqxonada istiqomat qiluvchi fuqarolardan uy-joy va kommunal xizmatlar bilan bog‘liq muammolar yuzasidan murojaat kelib tushdi.
Murojaatlarda, avvalo, ichimlik suvi ta’minotining yetarli darajada barqaror emasligi, suvning kundalik ehtiyojlarni qondirish uchun to‘liq yetib bormayotgani, shuningdek, suv bosimi va yuqori qavatlarga suv yetkazib berish bilan bog‘liq masalalar ko‘tarilgan.

Fuqarolarni yana bir muhim masala — “SARVAR TERMIZ SERVIS” MChJ boshqaruv servis kompaniyasiga to‘lanayotgan majburiy to‘lovlarning miqdori va ushbu mablag‘larning sarflanishi ham qiziqtirmoqda.

Aholining haqli savoli oddiy: to‘lovlar qanday hisoblanmoqda, qancha mablag‘ yig‘ilmoqda va ushbu mablag‘lar ko‘p kvartirali uyning qaysi muammolarini hal etishga yo‘naltirilmoqda?

Shu munosabat bilan mazkur masala yuzasidan 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev tomonidan deputatlik so‘rovi yuborilib, masalaga oydinlik kiritish va mavjud muammolarni bartaraf etish bo‘yicha tegishli tashkilotlardan aniq ma’lumotlar so‘raldi.

Xususan:

- uyda ichimlik suvi ta’minotining amaldagi holatini joyiga chiqqan holda o‘rganish;
- suv bosimi, sutkalik ta’minot va yuqori qavatlarga suv yetib borishini aniqlash;
- muammoni bartaraf etish uchun mas’ul tashkilot va aniq muddatlarni belgilash;
- boshqaruv servis kompaniyasining ushbu uyga xizmat ko‘rsatish huquqiy asoslarini aniqlash;
- majburiy to‘lovlarning amaldagi tarifi va uning huquqiy asosini ko‘rsatish;
- 2025-yil hamda 2026-yilning joriy davrida qancha mablag‘ hisoblanganligi, undirilganligi va qarzdorlik miqdorini aniqlash;
- yig‘ilgan mablag‘larning qaysi ish va xizmatlarga sarflanganini o‘rganish;
- tom, yerto‘la, suv va kanalizatsiya tizimlari, elektr tarmoqlari, umumiy foydalanish joylari hamda obodonlashtirish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va xarajatlarni tahlil qilish;
- tegishli ma’lumotlarning “Mening uyim” axborot-billing tizimida aks ettirilgan holatini o‘rganish vazifalari belgilandi.

Deputatlik nazoratining asosiy maqsadi — muammoni shunchaki qayd etish emas, balki uning sabablarini aniqlash, mas’ullarni belgilash va fuqarolarni qiynayotgan masalalarning amaliy yechimini ta’minlashdir.

Aholining murojaati asosida ko‘tarilgan ushbu masala yuzasidan tegishli tashkilotlardan qonunchilikda belgilangan tartibda asoslantirilgan ma’lumotlar olinib, aniqlangan kamchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha ko‘rilayotgan choralar deputatlik nazoratida davom ettiriladi.