35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
TASHABBUSLI BUDJET - YANA BIR LOYIHA QO‘SHIMCHA RAVISHDA MOLIYALASHTIRILADI

#sessiyadan_jarayonlar #deputatlik_faoliyati_Uchtepa #Open_byudjet

TASHABBUSLI BUDJET - YANA BIR LOYIHA QO‘SHIMCHA RAVISHDA MOLIYALASHTIRILADI

🇺🇿 Xalq deputatlari Uchtepa tumani Kengashining III chaqiriq 34-sessiyasida “Tashabbusli budjet” jarayonining 2026-yil II mavsumida qo‘shimcha loyihani moliyalashtirish masalasi ham keng muhokama qilindi.

🗂 Mazkur masala O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2021-yil 13-apreldagi PQ-5072-son qarori, Oliy Majlis Senati Kengashining 2024-yil 30-yanvardagi KQ-666-IV-son qarori bilan tasdiqlangan Nizom, Iqtisodiyot va moliya vazirligining tegishli xati hamda tuman hokimi o‘rinbosari O.Raxmonberdiyevning bildirgisi asosida ko‘rib chiqildi.

🕯 Muhokamalar davomida 2026-yil II mavsumida fuqarolar tomonidan ilgari surilgan, ovoz berish jarayonida yetarli ovoz to‘plagan, biroq asosiy g‘oliblar ro‘yxatiga kira olmagan loyihani qo‘shimcha ravishda moliyalashtirish masalasi ko‘tarildi.

🤝 Kengash deputatlari tomonidan mazkur tashabbus keng muhokama qilinib, fuqarolar tomonidan bildirilgan taklifni qo‘llab-quvvatlash va loyihani g‘oliblar qatoriga qo‘shimcha ravishda kiritish taklifi ma’qullandi.

🏫 Natijada 107-sonli umumta’lim maktabining moddiy-texnik va infratuzilmaviy holatini yaxshilashga qaratilgan muhim ishlarni amalga oshirish imkoniyati yaratildi.
Xususan:
✍️ maktab tom qismini qattiq qoplamaga almashtirish;
✍️ suv oqova tizimi uchun suv tarnovlarini o‘rnatish;
✍️ hojatxonalarni ta’mirlash;
✍️ hududdagi yo‘laklarni ta’mirlash;
✍️ maktabning ichki va tashqi ta’mirtalab qismlarini mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirilishi ko‘zda tutilmoqda.

✨ Eng muhimi, ushbu qaror orqali fuqarolarning tashabbusi e’tiborsiz qoldirilmadi. Yetarli ovoz to‘plagan, ammo asosiy g‘oliblar ro‘yxatiga kira olmagan loyiha ham qo‘shimcha ravishda qo‘llab-quvvatlanib, aholi ovozi amaliy natijaga aylantiriladigan bo‘ldi.

🏛 Mahalliy Kengash deputatlarining asosiy vazifasi — xalq fikrini eshitish, tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlash va hudud rivojiga xizmat qiladigan qarorlarni qabul qilishdir.

Slide 1 of 5