35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Pillakashda yoshlar uchun muhim tashabbuslar namoyish etildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
"Temiryo‘lchi" mahallasida PF-116-sonli Farmon ijrosi muhokama qilindi!

Termiz shahrida mahalla boshqaruv tizimini sifat jihatidan yangi bosqichga ko‘tarish, "mahalla yettiligi" faoliyatini muvofiqlashtirish hamda aholi muammolarini joyida hal etish borasidagi deputatlik nazorati izchil davom ettirilmoqda.

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi raisi, deputat D.Normuradova, Kengashning 1-“Temiryo‘lchi” saylov okrugi deputati X.Fayzullayev hamda Kengash kotibiyati bosh mutaxassisi R.Mamashukurovlar shahardagi “Temiryo‘lchi” mahallasida bo‘ldilar.

Mas’ullar mahalla raisi hamda "mahalla yettiligi" faollari bilan kengaytirilgan ishchi yig‘ilish o‘tkazdilar. Mazkur nazorat-tahlil va muloqot tadbiri mahalliy Kengash deputatlari faoliyati uchun belgilangan “24 ta eng muhim yo‘nalish” mezonlari doirasida tashkil etilib, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 24-iyundagi “Mahalla boshqaruvini samarali tashkil etishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PF-116-sonli Farmoni ijrosini mahalla miqyosida samarali ta’minlashga qaratildi.
Tadbiri davomida PF-116-sonli Farmon talablaridan kelib chiqib, quyidagi muhim yo‘nalishlar atroflicha tahlil qilindi:

•"Mahalla yettiligi" hamkorligi: Mahalla raisi, hokim yordamchisi, xotin-qizlar faoli, yoshlar yetakchisi, profilaktika inspektori va ijtimoiy xodimning o‘zaro integratsiyalashgan holda "xonadonbay" ishlash mexanizmlari;

•Aholi murojaatlari bilan ishlash: Kam ta’minlangan oilalarni kambag‘allikdan chiqarish, ishsizlar bandligini ta’minlash hamda hududiy infratuzilma muammolarini erta aniqlab, qonuniy hal etish;

•Deputatlik nazorati: Saylov okrugi deputati X.Fayzullayev bilan hamkorlikda "Temiryo‘lchi" mahallasida yo‘l, elektr, suv hamda obodonlashtirish bo‘yicha aniqlangan muammolarni deputatlik so‘rovlari orqali hal etish chorasi.

"Prezidentimiz tomonidan qabul qilingan ushbu Farmon 'mahalla yettiligi' va faollariga juda katta mas'uliyat yuklaydi. Mahallada har bir mas’ul xodim qog‘ozbozlik va quruq hisobotlar ortidan quvmasdan, har bir xonadonga kirib borishi va odamlarning dardi bilan yashashi lozim. Deputatimiz X.Fayzullayev bilan birgalikda 'Temiryo‘lchi' mahallasida ushbu farmon ijrosini va aholi roziligini to'liq ta'minlaymiz," — deya ta'kidladi Kengash raisi D.Normuradova.

Yig‘ilish yakunida mahalla faollariga PF-116-sonli Farmonda belgilangan vazifalarni amaliyotda to‘g‘ri va samarali tashkil etish yuzasidan aniq tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Slide 1 of 1