35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Kuz-qish mavsumiga tayyorgarlik holati o‘rganildi
янв.21
DEPUTAT NAZORATI: PROFILAKTIKA INSPEKTORI FAOLIYATI O‘RGANILDI
янв.21
Pillakashda yoshlar uchun muhim tashabbuslar namoyish etildi
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
Kengash_faoliyati

#162_ta_qonun_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: Tuman Elektr tarmoqlari korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha Qonun ijrosi tahlil qilindi

Bandixon tumanida energetika va kommunal xizmat ko‘rsatish sohalarida shaffoflikni ta’minlash, korrupsiyaviy omillar va xavf-xatarlarning oldini olish hamda amaldagi qonunchilik hujjatlari ijrosini monitoring qilish borasida tizimli deputatlik nazorati amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashining Korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi O.Jumayev, komissiya a’zosi B.Yo‘ldoshev hamda tuman Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi E.Eshonqulov 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Bandixon tuman Elektr tarmoqlari korxonasida nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazishdi.

O‘rganish jarayonida O‘zbekiston Respublikasining “Korrupsiyaga qarshi kurashish to‘g‘risida”gi O‘RQ–419-sonli Qonuni talablarining ijro etilishi, xizmat ko‘rsatish jarayonlarida ochiqlik va shaffoflikni ta’minlash, moddiy-texnik resurslardan unumli va manzilli foydalanish hamda iste’molchilar murojaatlari bilan ishlash holati atroflicha ko‘rib chiqildi.

Tashrif yakunida korxona rahbariyati va mas’ul xodimlariga korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va bartaraf etish hamda qonunchilik me’yorlariga qat’iy rioya qilish bo‘yicha tegishli amaliy vazifalar belgilab berildi.

Slide 1 of 1