35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi

Shirin shahri mahalliy byudjetining 2026 yil 1 sentyabr holatidagi ijrosi hamda qo‘shimcha manbalardan foydalanish holati deputatlar tomonidan tahlil qilindi.

📌 Daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi — 2 mlrd 417,4 mln so‘m.
📌 Elektron s
avdo maydonchasida yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni sotishdan 75,9 mln so‘m tushum shakllangan.
📌 2026 yil boshida hosil bo‘lgan erkin qoldiq mablag‘lar hisobidan 5 mlrd 125,7 mln so‘m mablag‘ ajratish bo‘yicha qaror va farmoyishlar qabul qilingan.

Ushbu mablag‘lar shahar hokimligi, iqtisodiyot va moliya, madaniyat, axborot-kutubxona, sport, maktabgacha va maktab ta’limi hamda obodonlashtirish tizimi kabi sohalarga yo‘naltirilgan.

Shuningdek, 1-chorak daromadlar rejasining oshirib bajarilgan qismi hisobidan 2 mlrd 397,4 mln so‘m mablag‘ ajratilib, ijtimoiy va infratuzilmaviy yo‘nalishlardagi xarajatlar moliyalashtirilgan.

⚠️ O‘rganish davomida ayrim tashkilotlarda ajratilgan mablag‘larni o‘z vaqtida o‘zlashtirish va kassa xarajatlarini amalga oshirishda kechikishlar mavjudligi qayd etildi.

Xususan, Maktabgacha va maktab ta’limi bo‘limida 188,0 mln so‘m, Obodonlashtirish boshqarmasida 164,3 mln so‘m mablag‘ bo‘yicha kam xarajat amalga oshirilgan.

📌 Shuningdek, yer uchastkalariga bo‘lgan huquqlarni elektron savdo orqali sotishdan tushgan mablag‘lar hisobidan 22,8 mln so‘m ajratilib, to‘liq o‘zlashtirilgan.

Mablag‘larning maqsadli, samarali va o‘z vaqtida sarflanishi ustidan monitoring ishlari har oy yakuni bo‘yicha davom ettirilishi ta'kitlandi.