35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
Ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaroning yashash sharoiti o‘rganildi

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashiga 11-“O‘rmonbog‘” saylov okrugidan saylangan deputat N.Shomatov tomonidan “Davronbek” mahalla fuqarolar yig‘inida ijtimoiy reyestrga kiritilgan oilalar holini o‘rganish maqsadida xonadonlarga tashrif buyurildi.

O‘rganish davomida Latofat ko‘chasi, 10-uyda yashovchi, ijtimoiy reyestrga kiritilgan fuqaro B.G‘aniboyeva xonadoniga borilib, uning yashash sharoiti, oilaning ijtimoiy holati hamda mavjud ehtiyojlari bilan yaqindan tanishildi.

Suhbat davomida fuqaro bilan oilaning ijtimoiy holatini yaxshilash, daromad manbalarini kengaytirish hamda ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar yuzasidan fikr almashildi.

Muloqot jarayonida B.G‘aniboyeva oilasining ijtimoiy holati yaxshilangani, avvalgi davrga nisbatan oilaning sharoitida ijobiy o‘zgarishlar kuzatilayotganini ma’lum qildi.

Mazkur o'rganish ishlarini olib borishda Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi kotibiyati mudiri A.Nosirov hamda kotibiyat bosh mutaxasissi A.Adhamovlar tomonidan amaliy ko‘mak ko‘rsatildi.

O‘rganish davomida oilaning erishgan ijobiy natijalarini mustahkamlash, mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish va kelgusida ijtimoiy reyestrdan chiqarish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlarni davom ettirish muhimligi ta’kidlandi.

Xalq deputatlari Qo‘qon shahar Kengashi

Slide 1 of 3