35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
Sherobod tuman Kengashi faoliyatidan

#Tashkilot_bilan_hamkorlik
#24_ta_masala
19¹-modda
📚 Axborot-kutubxona markazi faoliyati bilan tanishildi


Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashining 17-“G‘ambur” saylov okrugi deputati S. To‘rayeva hamda Kengash Kotibiyati bosh mutaxassisi S. Safarov tomonidan “Do‘stlik” mahallasi hududida joylashgan Axborot-kutubxona markazining faoliyati o‘rganildi.

📖 O‘rganish davomida markazda kitobxonlar uchun yaratilgan sharoitlar, mavjud adabiyotlar fondi, kitobxonlar bilan ishlash tizimi hamda aholining kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishini oshirish borasida amalga oshirilayotgan ishlar bilan yaqindan tanishildi.

🔹 Ma’lum bo‘lishicha, Axborot-kutubxona markazi fondida jami 37 697 ta kitob mavjud bo‘lib, markaz xizmatlaridan 12 867 nafar kitobxon foydalanib kelmoqda.

🔹 Shuningdek, markazda mavjud kitoblarning umumiy qiymati 43 million 147 ming so‘mni tashkil etadi.

📌 O‘rganish jarayonida kitob fondini yanada boyitish, zamonaviy va badiiy adabiyotlar bilan ta’minlash, kitobxonlar uchun qulay sharoitlarni yanada yaxshilash hamda yoshlar o‘rtasida kitobxonlik madaniyatini keng targ‘ib qilish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Xalq deputatlari Sherobod tumani Kengashi kotibiyati matbuot xizmati.
Bizni kuzatishda davom eting👇
Telegram | Facebook | E-Kengash | Instagram | YouTube

Slide 1 of 5