35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
Aholining chiqindilarni olib chiqib ketish bo‘yicha murojaatlari hal etildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq O‘zbekiston Liberal demokratik partiyasidan saylangan deputat M.Mirabdullayev tashabbusi bilan aholining maishiy chiqindilarini olib chiqib ketish xizmati sifati bo‘yicha bildirilgan murojaatlari hal etildi.

🟢Murojaatlarda ayrim hududlarda to‘planib qolgan maishiy chiqindilarni o‘z vaqtida olib chiqib ketish, shuningdek, yo‘l bo‘ylarida yig‘ilib qolgan chiqindilarni tozalash zarurligi bildirilgan edi. Mazkur murojaatlar deputat tomonidan nazoratga olinib, chiqindi tashish xizmati mas’ullari bilan hamkorlikda amaliy ishlar tashkil etildi. Natijada hududlarda to‘planib qolgan maishiy chiqindilar to‘liq tozalandi va belgilangan joylardan olib chiqib ketildi.

🟢 bilan birga, aholining murojaatlarida ko‘tarilgan masalalardan biri bo‘lgan avtomobil yo‘llari bo‘ylaridagi chiqindilar ham maxsus texnikalar yordamida yig‘ishtirilib, hudud sanitar holati yaxshilandi. Amalga oshirilgan ishlar natijasida aholi yashash hududlari va yo‘l bo‘ylarida tozalik va obodonlik ta’minlanib, chiqindilarning to‘planib qolishi bilan bog‘liq muammolar bartaraf etildi.

🟢Aholi uchun qulay va sanitar jihatdan sog‘lom muhit yaratish, hududlarning tozaligini ta’minlash hamda chiqindi tashish xizmati sifatini yanada oshirish borasidagi ishlar izchil davom ettirilishi belgilandi.

Slide 1 of 2