35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

#Davlat xizmatlari, FHDYO organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatilishi holati o‘rganildi

Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati mudiri B.Baxovadinov tomonidan tumandagi Davlat xizmatlari markazi va FHDYo organlari hodimlari tomonidan aholiga xizmat ko‘rsatilishi holati bilan yaqindan tanishdi.

O‘rganish davomida markazlarda aholiga yaratilgan sharoitlar, davlat xizmatlarini ko‘rsatish sifati, murojaatchilarga qulayliklar yaratish, navbat tizimi hamda xizmat ko‘rsatish jarayonining shaffofligi va tezkorligi masalalariga alohida e’tibor qaratildi.

Shuningdek, fuqarolarga tug‘ilganlikni qayd etish, nikohni rasmiylashtirish, turli ma’lumotnomalar berish hamda boshqa xizmatlar ko‘rsatish jarayonlari bilan yaqindan tanishilib, murojaat qilayotgan fuqarolar bilan suhbatlar o‘tkazildi.

Deputatlar tomonidan xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, fuqarolar uchun yaratilgan qulayliklarni kengaytirish hamda mavjud muammolarni bartaraf etish yuzasidan tegishli tavsiya va takliflar bildirildi.

✅Xalq deputatlari O‘rta Chirchiq tuman Kengashi kotibiyati axborot xizmati!

Slide 1 of 5