35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar manfaati — ustuvor vazifa!
янв.21
Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
Imon otada yo‘l va infratuzilma yangilanmoqda
янв.21
Oila qurish ostonasidagi yoshlar uchun o‘quv semenari tashkil etildi
янв.21
Uch uyli mahallasida hudud obodonligi va sanitariya tozaligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom oila — barqaror jamiyat poydevori
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan o‘rganish ishlari olib borildi

Xalq deputatlari Bo‘stonliq tumani Kengashning 2026-yilga mo‘ljallangan ish rejasiga muvofiq Korrupsiyaga qarshi kurashish, davlat organlarida ochiqlikni ta’minlash va huquqiy masalalar bo‘yicha doimiy komissiya tomonidan tuman Elektr tarmoqlari korxonasida korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarni oldini olish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan o‘rganish o‘tkazildi.

O‘rganish jarayonida korxona binosining devor va eshiklarida korrupsiyaga qarshi kurashishga oid targ‘ibot va tushuntirish mazmunidagi e’lonlar joylashtirilgani kuzatildi. Mazkur ko‘rgazmali materiallar orqali xodimlar va fuqarolarga korrupsiyaning salbiy oqibatlari hamda qonunchilik talablari haqida umumiy ma’lumotlar yetkazib berilmoqda.

Shu bilan birga, o‘rganish davomida qator kamchilik va takomillashtirish talab etiladigan jihatlar aniqlandi. Jumladan, korxona xodimlarining korrupsiyaga qarshi huquqiy ongi va huquqiy madaniyatini oshirishga qaratilgan muntazam o‘quv seminarlari va amaliy mashg‘ulotlar tashkil etilmagani qayd etildi. Bu esa xodimlarning korrupsiyaviy xavf-xatarlarni barvaqt aniqlash va ularning oldini olish bo‘yicha bilim hamda ko‘nikmalarini yanada mustahkamlash zarurligini ko‘rsatadi.

Shuningdek, fuqarolar va korxona xizmatlaridan foydalanuvchi iste’molchilar uchun korrupsiyaviy holatlar, manfaatlar to‘qnashuvi yoki qonunbuzilish holatlari haqida ishonchli tarzda xabar berish mexanizmi yaratilmagani aniqlandi. Xususan, alohida murojaat kanallari, ishonch telefoni, elektron murojaat yoki boshqa qulay axborot berish imkoniyatlarini tashkil etish masalasiga yetarlicha e’tibor qaratilmagani ta’kidlandi.

🔴Bundan tashqari, korxona tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan jamoatchilikka muntazam hisobotlar taqdim etilmagani ham qayd etildi. Ochiqlik va hisobdorlik tamoyillarini ta’minlash maqsadida mazkur yo‘nalishda bajarilgan ishlar, ko‘rilgan profilaktik choralar va erishilgan natijalar haqida aholi hamda jamoatchilikni muntazam xabardor qilib borish muhimligi bildirildi.

🔴Doimiy komissiya a’zolari tomonidan korxonada korrupsiyaga qarshi ichki profilaktika tizimini yanada takomillashtirish, xodimlar uchun davriy huquqiy o‘quvlar va seminarlar tashkil etish, korrupsiyaviy holatlar haqida xabar berishning shaffof va ishonchli mexanizmlarini joriy qilish, shuningdek, amalga oshirilayotgan ishlar bo‘yicha jamoatchilikka ochiq hisobot berish amaliyotini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli tavsiyalar bildirildi.

Slide 1 of 6