35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar manfaati — ustuvor vazifa!
янв.21
Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
Imon otada yo‘l va infratuzilma yangilanmoqda
янв.21
Oila qurish ostonasidagi yoshlar uchun o‘quv semenari tashkil etildi
янв.21
Uch uyli mahallasida hudud obodonligi va sanitariya tozaligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom oila — barqaror jamiyat poydevori
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
Ichki yo‘llarni ta’mirlash ishlari sifati o‘rganildi

Tumanning “S.Raximov” mahallasi Novobahsh va U.Boymetov ko‘chalarida amalga oshirilayotgan ta’mirlash ishlari Kengashning Agrar, qurilish, kommunal sohalar, ekologiya, sanoat va transport masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasi raisi F.Axmedov tomonidan o‘rganildi.

🔺O‘rganish davomida mahallada aholi xonadonlariga olib boruvchi ichki yo‘llarni obodonlashtirish va transport harakati uchun qulay sharoit yaratish maqsadida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlarining borishi mahalla raisi va tuman Obodonlashtirish boshqarmasi mas’ullari ishtirokida yaqindan tanishildi.

🔺Deputat tomonidan, avvalo, asfalt yotqizilayotgan yo‘l qismining tayyorgarlik holati, yo‘l asosining mustahkamligi, tekislanishi hamda asfalt qoplamasini yotqizish texnologiyasiga rioya etilishiga e’tibor qaratildi. Shuningdek, asfalt qoplamasining tekis va sifatli yotqizilishi, yo‘lning belgilangan sath va nishablik asosida bajarilishi, yo‘l chetlarining tartibga keltirilishi hamda yog‘ingarchilik paytida suv to‘planib qolishining oldini olish masalalari ko‘rib chiqildi.

🔺Tumanning turli mahallalarida olib borilayotgan asfaltlashtirish ishlarining sifati va belgilangan talablar asosida bajarilishi ustidan deputatlik nazoratini davom ettirilishi ma’lum qilindi.

Slide 1 of 3