35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalasi muhokama qilindi
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MAHALLASIDA ZAMONAVIY MAHALLA BINOSI BARPO ETILISHI O‘RGANILDI
янв.21
YANGIOBOD MFYDA ASFALTLASH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Eski To‘da mahallasidagi savdo do‘konlarida narx-navo holati o‘rganildi
янв.21
G‘urumsaroy mahallasidagi ichki ko‘chalar yoritilishi o‘rganildi
янв.21
YANGIOBODDA OBODONLAShTIRISH ISHLARI JADAL DAVOM ETMOQDA
янв.21
POP TUMANI YANGIOBOD MFYDA PIYODALAR YO‘LAKCHASI BARPO ETISH ISHLARI O‘RGANILDI
янв.21
Kambag‘allikni qisqartirish — xonadonbay ishlashdan boshlanadi
янв.21
FHDYO — aholiga xizmat ko‘rsatishda muhim bo‘g‘indir
янв.21
UYG‘URSOYDA KUZ-QISH MAVSUMIGA TAYYORGARLIK: MUAMMO, YECHIM VA NAZORAT
Kengash_faoliyati

#kunlik_ish_reja_ijrosi
#Kotibiyat_mudiri
#deputat_faoliyati
#kotibiyat_xodimi_faoliyati
#162_ta_Qonunlar_ijrosi
#24_ta_tavsiyalar_ijrosi

Bandixon tumanida deputatlik nazorati: "Obod yurt" mahallasida "24 ta tavsiya" asosida o‘rganishlar o‘tkazildi

Bandixon tumanida mahalliy Kengash deputatlari va Kengash kotibiyati mas’ullari tomonidan mahallalarda aholi bilan doimiy muloqot o‘tkazish, hududiy ijtimoiy-iqtisodiy masalalarni o‘z vaqtida aniqlash hamda fuqarolar murojaatlarini ijobiy hal etish borasida tizimli ishlar amalga oshirilmoqda.

Xalq deputatlari Bandixon tuman Kengashi kotibiyati mudiri A. Pardayev hamda kotibiyat bosh mutaxassisi B.Qurbonov "Obod yurt" mahallasida bo‘lib, mahalla raisi va hudud aholisi bilan uchrashdilar.

O‘rganishlar mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim yo‘nalishlari bo‘yicha ishlab chiqilgan 24 ta tavsiya doirasida tashkil etildi.

Muloqot va uyma-uy yurish jarayonida mahalla raisi hamda fuqarolar tomonidan ichki yo‘llarni ta’mirlash, elektr ta’minotini yaxshilash, aholi bandligi, tomorqadan samarali foydalanish, ijtimoiy muhofaza va kommunal xizmat ko‘rsatish sifati bo‘yicha ko‘plab murojaat hamda takliflar bildirildi.

Tashrif yakunida barcha ko‘tarilgan masalalar ro‘yxatga olinib, ularni mas’ul mutasaddi idoralar bilan hamkorlikda hal etish hamda ijrosini deputatlik nazoratiga olish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi.

Slide 1 of 5