Xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi
Xalq deputatlari Qiziltepa tumani Kengashining 12-Husbudдин saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati L. Niyozova tomonidan Husbudin mahallasida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.
O‘rganish davomida mahallada xotin-qizlar bilan ishlash, ularning muammolarini aniqlash va hal etish, bandligini ta’minlash, tadbirkorlikka jalb etish hamda ijtimoiy himoyaga muhtoj ayollarni qo‘llab-quvvatlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar tahlil qilindi.
Shuningdek, “Ayollar daftari” bilan ishlash, ehtiyojmand xotin-qizlarga ko‘mak ko‘rsatish, ularning murojaatlarini o‘rganish va muammolarini manzilli hal etish masalalariga alohida e’tibor qaratildi.