35 yilYagona vatan, yagona xalq bo'lib, yangi hayot va kelajak yaratamiz!

Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Fuqarolar manfaati — ustuvor vazifa!
янв.21
Aholi murojaatlari xonadonbay o‘rganilmoqda
янв.21
Imon otada yo‘l va infratuzilma yangilanmoqda
янв.21
Oila qurish ostonasidagi yoshlar uchun o‘quv semenari tashkil etildi
янв.21
Uch uyli mahallasida hudud obodonligi va sanitariya tozaligini ta’minlash bo‘yicha ishlar o‘rganildi
янв.21
Sog‘lom oila — barqaror jamiyat poydevori
янв.21
FUQAROLAR MUROJAATLARI BILAN ISHLASH MASALALARI MUHOKAMA QILINDI
янв.21
Fuqarolar murojaatlari bilan ishlash masalalari muhokama qilindi
янв.21
Sessiya oldi doimiy komissiya tomonidan joyiga chiqib tashkilot rahbarining hisoboti muhokama qilindi
янв.21
Iskovut mahallasida profilaktika va soliq intizomi masalalari muhokama qilindi
O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENTINING 2026-YIL 5-FEVRALDAGI PQ-49-SON QARORI IJROSI O‘RGANILDI.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2026-yil 5-fevraldagi PQ-49-son qarori hamda ushbu qaror ijrosini ta’minlash yuzasidan Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashining 2026-yil 3-martdagi VII-22-24-9-123-K/26-sonli qarori ijrosi doirasida o‘rganish ishlari olib borildi.

📍 Sohil mahallasida Kengash kotibiyati mudiri X.Berdiyarova hamda bosh mutaxassis A.Sharopov tomonidan “Islohotlar dasturi” asosida amalga oshirilayotgan loyihalarning amaldagi holati joyiga chiqib o‘rganildi.

🔎 O‘rganish davomida quyidagi ishlar amalga oshirilgani aniqlandi:
🛣 Hurobod ko‘chasining 0,8 km qismiga beton qoplama yotqizilgan.
🚶‍♂️ 0,8 km piyodalar yo‘lagining 620 metr qismi qurib bitkazilgan.
💡 195 dona ko‘cha yoritish chiroqlarini o‘rnatish ishlari boshlangan bo‘lib, yoritish ustunlarini o‘rnatish uchun tegishli joylar tayyorlangan.
⚡️ 1 dona transformator o‘rnatish bo‘yicha belgilangan vazifalar ham o‘rganildi.

📌 O‘rganish jarayonida loyihalarning PQ-49-son qarori hamda Kengashning VII-22-24-9-123-K/26-sonli qarorida belgilangan vazifalarga muvofiq amalga oshirilishi, ishlarning sifati va belgilangan muddatlarga rioya etilishiga e’tibor qaratildi.

Qolgan ishlarni sifatli va o‘z vaqtida yakunlash, aniqlangan masalalarni bartaraf etish yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiya va ko‘rsatmalar berildi.

Xalq deputatlari Boyovut tumani Kengashi kotibiyati

Slide 1 of 3