Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi
янв.21
Korrupsiya — Jinoyatchilik jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siqdir
#Munosabat

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining Oliy Majlis Senati tomonidan qabul qilingan KQ-53-V-son qarori mamlakatimizda mahalliy davlat hokimiyati vakillik organlari faoliyatini yanada takomillashtirish, deputatlik nazoratining ta’sirchanligini oshirish hamda hududlarni kompleks rivojlantirish borasidagi ustuvor vazifalarni belgilab bergan muhim hujjat hisoblanadi.

Bugungi kunda joylardagi muammolarni tizimli hal etish, aholining dardini eshitish va ularning murojaatlariga amaliy yechim topish davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Mazkur qaror aynan shu maqsadlarga xizmat qilishi bilan alohida ahamiyat kasb etadi.

Qarorda mahalliy Kengashlar faoliyatining ochiqligi va shaffofligini ta’minlash, deputatlarning hududlardagi ishtirokini kuchaytirish, ijro organlari faoliyati ustidan samarali nazorat o‘rnatish hamda aholi bilan ishlash mexanizmlarini takomillashtirish bo‘yicha qator muhim vazifalar belgilangan.

Ayniqsa:

🔹 fuqarolar murojaatlarini o‘z vaqtida ko‘rib chiqish;

🔹 hududlarda yechimini kutayotgan muammolarni sektorlar va mutasaddi tashkilotlar bilan hamkorlikda hal etish;

🔹 deputatlarning saylovchilar oldidagi hisobdorligini oshirish;

🔹 yoshlar, xotin-qizlar va ehtiyojmand aholi qatlamini qo‘llab-quvvatlash;

🔹 hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish dasturlari ijrosini nazorat qilish kabi yo‘nalishlar ustuvor vazifa sifatida qayd etilgani muhim ahamiyatga ega.

Mahalliy Kengashlar xalq bilan davlat o‘rtasidagi muhim ko‘prik hisoblanadi. Shu bois deputatlar zimmasiga yuklatilgan mas’uliyat yanada ortmoqda. Qaror ijrosi doirasida deputatlar tomonidan joylarga chiqib o‘rganishlar olib borish, aholi bilan ochiq muloqotlar tashkil etish, muammolarni manzilli hal qilish va ijro intizomini mustahkamlash bo‘yicha amaliy ishlar yanada faollashtiriladi.

Shuningdek, mazkur qaror hududlarda qonun ustuvorligini ta’minlash, davlat organlari faoliyati ustidan jamoatchilik nazoratini kuchaytirish hamda fuqarolarning davlat boshqaruvidagi ishtirokini kengaytirishga xizmat qiladi.

Bugun har bir deputat va mas’ul tashkilot oldida turgan asosiy vazifa — xalq ishonchini oqlash, odamlarni qiynayotgan muammolarni o‘z vaqtida hal etish va aholi farovonligini oshirishdan iboratdir. KQ-53-V-son qarori aynan mana shu ezgu maqsadlarni amalga oshirishda muhim dasturilamal bo‘lib xizmat qiladi.

Mahalliy Kengash deputatlari tomonidan qaror ijrosini to‘liq ta’minlash, hududlarni rivojlantirish va fuqarolarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish borasidagi ishlar izchil davom ettiriladi.

Xalq deputatlari Qo‘ng‘irot tumani Kengashiga 2-Turan saylov okrugidan deputat Tursinbekov Berdaq Jarilkapovich.

Slide 1 of 1