Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi
янв.21
Korrupsiya — Jinoyatchilik jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siqdir
Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi.

#korrupsiya #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati

❗️Bugun Toshkent shahar Korrupsiyaga qarshi kurashish hududiy kengashining navbatdagi majlisi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishida hududiy kengash a’zolari hamda OAV vakillari ishtirok etdi.

📝 Unda dastlab Oliy Majlis Senati Raisi, Bosh prokuror va Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi direktori tomonidan tasdiqlangan “Korrupsiyaga qarshi kurashish va korrupsiyaviy omillarning oldini olish borasida dolzarb chora-tadbirlarni amalga oshirish bo‘yicha Yo‘l xarita”sining ijrosini sifatli ta’minlanishi to‘g‘risida Toshkent shahar prokurori o'rinbosari. –Azimov Azamat Avazovichning axboroti tinglandi.

📁 Shuningdek kun tartibidagi navbatdagi masala Poytaxtda korrupsiyaga qarshi kurashish hamda uning oldini olish bo‘yicha olib borilayotgan ishlar va kelgusidagi ustuvor vazifalar to‘g‘risida Toshkent shahar Ichki ishlar bosh boshqarmasi boshlig‘i o'rinbosari  –Choriyev Aliahmad Omonovich hisobotini yig‘ilish qatnashchilariga taqdim etdi.

📇 Bundan tashqari Toshkent shahar Qurilish sohasida hududiy nazorat inspeksiyasi tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlarini, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida Toshkent shahar Qurilish va uy-joy kommunal xo‘jaligi sohasida nazorat qilish inspeksiyasi boshlig‘i – Piraliyev Qudratilla Sunnatullayevich hisoboti berdi.

🗣 Yakuniy masala Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi hamda shahardagi tijorat banklari rahbarlari tomonidan korrupsiya holatlarining oldini olish, uning oqibatlarini, shuningdek, korrupsiyaga imkon beruvchi sabablar va shart-sharoitlarni bartaraf etishga doir o‘tgan davrda amalga oshirilgan ishlar va kelgusidagi chora-tadbirlar to‘g‘risida Markaziy bankning Toshkent shahar bosh boshqarmasi boshqarmasi boshlig‘i Kenjayev Bahodir Rajabmurodovich va Toshkent shahar tijorat banklari rahbarlari hududiy kengash a’zolariga hisobot berdi.

📥 Tadbir yakunida korrupsiyaga qarshi kurashishda barcha darajadagi davlat organlari, jamoat tashkilotlari hamda fuqarolarning hamkorligini kuchaytirish, tizimda ochiqlikni yanada kengaytirishga alohida e’tibor qaratildi.

📉 Korrupsiyaga qarshi kurashish tizimidagi islohotlar samaradorligini oshirish va davlat organlari faoliyatining shaffofligini ta’minlash maqsadida barcha manfaatdor tashkilotlar o‘zaro hamkorlikni kuchaytirish ta’kidlab o‘tildi.

📱 Telegram 📱 Instagram 📱 Facebook 📱 YouTube 🔎 E-kengash

Slide 1 of 10