Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi
янв.21
Korrupsiya — Jinoyatchilik jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siqdir
Yoshlar maslahat guruhi yig‘ilishi o‘tkazildi



Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashi huzuridagi Yoshlar maslahat guruhining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishni Yoshlar maslahat guruhi raisi Eshqulov Ziyodulla Abdimo'min o'g'li olib bordi.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati Kengashining 2025-yil 26-fevraldagi KQ-102-V-sonli qarori hamda Xalq deputatlari Bandixon tumani Kengashining 2025-yil15-apreldagi VII-07-47-8-211-K/25 -son qarori ijrosi doirasida Yoshlar maslahat guruhi faoliyatini yanada samarali tashkil etish masalalari muhokama qilindi.

Shuningdek, yoshlar siyosatini amalga oshirish, yoshlarning ijtimoiy-siyosiy faolligini qo‘llab-quvvatlash, normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini muhokama qilishda faol ishtirok etish, hududdagi yoshlar muammolarini o‘rganish hamda ularga amaliy yechimlar ishlab chiqish bo‘yicha vazifalar belgilab olindi.

Yig‘ilish davomida guruh a’zolari tomonidan yoshlar bandligini ta’minlash, ularni kasb-hunarga yo‘naltirish, tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash hamda mahallalarda yoshlar bilan ishlash tizimini yanada takomillashtirish yuzasidan taklif va mulohazalar bildirildi.

Yig‘ilish yakunida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash bo‘yicha aniq yo‘nalishlar belgilab berildi.

Slide 1 of 4