Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi
янв.21
Korrupsiya — Jinoyatchilik jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siqdir
янв.21
Bolalar xavfsizligi va sharoitlar — doimiy e’tiborda
#o'rganish #nazorat

Olmaliq shahrida aholi murojaatlari bilan ishlash samaradorligini oshirish va mahalla mas’ullarining hisobdorligini ta’minlash borasidagi o‘rganishlar tizimli davom etmoqda. Navbatdagi manzilli o‘rganish "Olmaliqsoy" mahalla fuqarolar yig‘inida tashkil etildi.

Mazkur jarayonlar quyidagi muhim huquqiy hujjatlar ijrosi doirasida amalga oshirilmoqda:

🔹O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati Kengashining 2025-yil 14-yanvardagi KQ-35-V-sonli qarori;

🔹O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni.

🔍 Tahlil markazida — Kompleks rivojlanish va hamkorlik

1-ishchi guruh tarkibidagi deputatlar Sanjar Mamayusupov, Nargiza Atakulova, Lenura Baydullayeva, Fahriddin Matasimov, Matluba Ashurova hamda Kotibiyat bosh mutaxassisi Muhriddin Begmatov tomonidan mahalladagi "yettilik" a’zolarining faoliyati birma-bir tahlil qilindi.

Xususan, o‘rganish davomida quyidagi mas’ullarning ish samaradorligiga e’tibor qaratildi:

🏢 Mahalla raisi: Hududni boshqarish va jamoat ishlarini muvofiqlashtirish;

👩‍💼 Xotin-qizlar faoli: Ayollar muammolarini o‘rganish va ijtimoiy ko‘mak;

💼 Hokim yordamchisi: Bandlikni ta’minlash va tadbirkorlikni rivojlantirish;

👦 Yoshlar yetakchisi: Yoshlar siyosati va ular bilan manzilli ishlash;

🛡 Profilaktika inspektori: Hududda huquqbuzarliklar profilaktikasi va xavfsizlik;

📂 Ijtimoiy xodim: Muhtoj qatlamga ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish tizimi.

✍️Uslubiy ko‘mak va nazorat:

Deputatlar tomonidan mahalliy Kengashlarning hududlarni kompleks ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish yillik dasturlari ijrosi nazorat qilinib, mavjud muammolarni hal etishda “mahalla yettiligi” bilan hamkorlikni samarali yo‘lga qo‘yish bo‘yicha uslubiy ko‘mak berildi.

Muloqot yakunida murojaatlar bilan ishlashda "xonadonbay" tizimini yanada kuchaytirish va fuqarolarni qiynayotgan masalalarni joyida bartaraf etish yuzasidan qat’iy tavsiyalar berildi.

✅Xalq vakillari va mahalla hamkorligi — farovonlik garovidir!

Slide 1 of 10