Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi
янв.21
Korrupsiya — Jinoyatchilik jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siqdir
Mahalliy Kengash faoliyatida raqamli tizimlar qo‘llanilishi va ish yurituv samaradorligi ko‘zdan kechirildi

#deputatlar_nazorati #poytaxtdeputatlari #deputatlik_faoliyati  

❗️Mahalliy Kengash faoliyatida raqamli tizimlar qo‘llanilishi va ish yurituv samaradorligi ko‘zdan kechirildi

🏛 Xalq deputatlari Toshkent shahar Kengashi kotibiyati bosh mutaxassisi Jahongir G‘ulomqodirov Olmazor tuman Kengashi kotibiyatida ish yuritish jarayonlari hamda “E-Kengash” axborot tizimi bilan ishlash holatini bilan tanishdi.

📝 Unda deputatlar murojaatlari va ularning ijrosi, qabul qilingan qarorlarning tizimga o‘z vaqtida kiritilishi va amalda bajarilishi, sessiyalarni tashkil etish tartibi, doimiy komissiyalar faoliyati, hujjatlarning elektron shaklda yuritilishi hamda mehnat va ijro intizomiga rioya etilishi kabi masalalar atroflicha tahlil qilindi.

🔎 Shu bilan birga, mazkur jarayon Mahalliy Kengash deputatlari faoliyatining eng muhim 24 ta yo‘nalishi doirasida hududlarda olib borilayotgan o‘rganish ishlari nazorati, shuningdek, deputatlarning haftalik ish rejalari ijrosini ta’minlash holati bilan uzviy bog‘liq holda ko‘rib chiqildi. Xususan, joylarda aniqlanayotgan muammolarni tizimli ravishda qayd etish, ularni tegishli tartibda hal etish va natijadorlikni oshirishda “E-Kengash” tizimining o‘rni alohida ekani ta’kidlandi.

🔺 Yakuniy tahlillarga ko‘ra, Olmazor tuman Kengashi kotibiyatida hujjatlar elektron shaklda yuritilayotgani, qarorlar o‘z vaqtida rasmiylashtirilib tizimga joylashtirilayotgani, sessiya materiallarini tayyorlashda aniqlik va tizimlilik ortib borayotgani qayd etildi. Shu bilan birga, deputatlar faoliyatida ochiqlik, shaffoflik va javobgarlik darajasi izchil mustahkamlanayotgani alohida e’tirof etildi.

🖥 Mazkur o‘rganishlar Toshkent shahar Kengashi kotibiyati tomonidan mahalliy Kengashlar faoliyatini yanada takomillashtirish, zamonaviy raqamli boshqaruv mexanizmlarini keng joriy etish, deputatlik nazoratini kuchaytirish hamda hududlarda amalga oshirilayotgan ishlarning samaradorligini oshirishga qaratilgan tizimli chora-tadbirlarning muhim qismi bo‘lib xizmat qilmoqda.

📱 Telegram (https://t.me//poytaxt_deputatlari) 📱 Instagram (https://www.instagram.com/poytaxt_deputatlari) 📱 Facebook (https://www.facebook.com/poytaxtdeputatlari) 📱 YouTube (https://www.youtube.com/@poytaxtdeputatlari)

Slide 1 of 4