Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
МАҲАЛЛАГА ЗАМОНАВИЙ БИНО ТУҲФА ЭТИЛДИ
янв.21
Ҳудудларда ўрганиш ишлари изчил давом этмоқда
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi deputati E.Tursunov tomonidan hududdagi mahallalarda aholi, ayniqsa yoshlarning sport bilan muntazam shug‘ullanishlari uchun yaratilgan sharoitlar o‘rganildi
янв.21
Hududdagi investitsiyalar bo‘yicha holatini o’rganish
янв.21
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ-134-son qarori ijrosi amalda
янв.21
Chodak hududida jinoyatchilikka qarshi kurashish borasida “qizil” va “sariq” toifadagi aholi vakillari bilan uchrashuv
янв.21
Korrupsiyaga qarshi kurashish masalalari muhokama qilindi.
янв.21
Oilaviy muhitni mustahkamlash – jamiyat barqarorligining asosi
янв.21
Korrupsiya — Jinoyatchilik jamiyat taraqqiyotiga jiddiy to‘siqdir
Mahalla — jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘ini

Bugungi kunda mahalla nafaqat ijtimoiy munosabatlarni tartibga soluvchi institut, balki jamiyatda jamoatchilik nazoratini amalga oshirishda eng yaqin va ta’sirchan bo‘g‘in sifatida namoyon bo‘lmoqda. Davlat dasturlari ijrosi, byudjet mablag‘larining sarflanishi, qurilish va ta’mirlash ishlarining sifati, aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlar — bularning barchasi avvalo mahalla darajasida seziladi va baholanadi. Shu jihatdan qaraganda, mahallaning roli faqat ijrochi emas, balki nazorat qiluvchi va tashabbus ko‘rsatuvchi institut sifatida ham ortib bormoqda.

So‘nggi yillarda “Ochiq byudjet” mexanizmi aynan shu jarayonga yangi mazmun kiritdi. Aholi o‘z hududida qaysi muammo ustuvor ekanini o‘zi belgilayapti, ovoz berayapti va mablag‘ni qaysi loyihaga yo‘naltirishni hal qilyapti. Bu esa mahallaning haqiqiy jamoatchilik platformasiga aylanayotganini ko‘rsatadi.

Joriy yilda saylov okrugi hududida fuqarolarning birdamligi va faol ishtiroki natijasida Baxshitepa hamda Navbahor mahallalarida ichki yo‘llarni asfalt qilishga qaratilgan ikki yirik loyiha g‘olib bo‘ldi. Bu natija tasodif emas. Ovoz berish jarayonida aholining uyushqoqligi, qo‘shni-qo‘shnini chaqirishi, muammoni birgalikda hal qilishga intilishi — mahallaning jonlanib borayotganidan dalolat beradi.

Ammo eng muhim jihat shundaki, loyiha g‘olib bo‘lishi ishning yakunlanishi emas, balki yangi bosqich — jamoatchilik nazorati boshlanishidir. Endi asosiy savol: ajratilgan mablag‘ qayerga va qanday sarflanyapti? Yo‘l sifatlimi? Belgilangan muddatga rioya qilinmoqdami? Pudratchi o‘z majburiyatini bajaryaptimi?

Agar mahalla ahli bu jarayonga befarq bo‘lsa, eng yaxshi loyiha ham kutilgan natijani bermasligi mumkin. Aksincha, har bir fuqaro “bu mening ko‘cham, mening mablag‘im” degan mas’uliyat bilan yondashsa, har bir metr yo‘l sifatli bo‘ladi. Shu bois mahalla faollari, deputatlar va oddiy aholi birgalikda ish olib borishi, qurilish jarayonlarini joyida kuzatishi, kamchiliklarni o‘z vaqtida ko‘tarishi hal qiluvchi ahamiyat kasb etadi.

Jamoatchilik nazoratini kuchaytirish faqat bitta loyiha bilan cheklanmaydi. U maktab, bog‘cha, tibbiyot muassasalari, kommunal xizmatlar, hatto kundalik maishiy masalalargacha qamrab olishi kerak. Mahalla shu ma’noda jamiyatning “ko‘zi va qulog‘i”ga aylanishi zarur.

Eng muhimi, bu jarayonda har bir inson o‘zini chetda tomoshabin emas, balki o‘z hududining haqiqiy egasi deb his qilishi lozim. Ana shundagina mahalla haqiqatan ham jamoatchilik nazoratining tayanch bo‘g‘iniga aylanadi.

Raxmatov Fotex Akmalovich, tuman Kengashi deputati, “Adolat” SDP a’zosi,  Demokratik jarayonlarni tahlil qilish markazi Samarqand viloyati hududiy bo‘linmasi bosh mutaxassisi

🌐 https://t.me/Toyloq_tuman_Kengashi

Slide 1 of 2