Deputat mahalladagi xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandi!
Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi kotibiyati mudiri I.Xolov hamda 2-Aleli saylov okrugidan saylangan tuman Kengashi deputati Z.Shomurodovalar tomonidan deputatlar faoliyatining eng muhim yo‘nalishlaridan biri bo‘lgan “Aleli” mahallasidagi xotin-qizlar faoli faoliyatini o‘rgandilar.
📌Deputatlar “Aleli” MFY xotin-qizlar faoli tomonidan hududdagi xotin-qizlarni ijtimoiy-huquqiy va psixologik qo‘llab-quvvatlash, kasb-hunarga o‘rgatish va bandligini ta’minlash ishlarini samarali tashkil etish yuzasidan amalga oshirilgan ishlari to‘g‘risidagi hisobotini eshitib, O‘zbekiston Respublikasining 2019 yil 2-sentabrdagi “Xotin-qizlarni tazyiq va zo‘ravonlikdan himoya qilish to‘g‘risida”gi O‘RQ-561-sonli qonunning mazmun mohiyati yuzasidan o‘z tavsiyalarini berdilar. 🗣Bizni kuzatishda davom eting👉 t.me/JondorKengashi