Xalq deputatlari Jondor tumani Kengashi raisi L.Behbudovaning “Pochchoyi” MFY binosida saylovchilar bilan uchrashuvi bo'lib o'tdi. Uchrashuvda Xalq deputatlari Buxoro viloyati Kengashi deputati L.Ergasheva ishtirok etdi.
📌 Ochiq va samimiy muloqot ruhida o‘tgan uchrashuvda aholi tomonidan turli yo‘nalishlardagi murojaatlar tinglandi hamda ularni hal etish bo‘yicha amaliy choralar belgilandi.
📌 Uchrashuv davomida deputatlar faoliyatining eng muhim yoʻnalishlari boʻyicha profilaktika inspektori va xotin-qizlar faoli hisobotlari eshitilib, fuqarolar murojaatlari tinglandi. Jumladan bandlikni ta’minlash, yer va mol-mulk soliqlarini karraga ko‘paytirmaslik, elektr energiya ta’minotidagi muammolar, uy-joylarni ta’mirlash, kadastr xujatlarini rasmiylashtirish kabi murojaatlar tegishli tashkilot vakillari ishtirokida ko‘rib chiqildi. Har bir murojaat bo‘yicha mutasaddilarga aniq topshiriqlar berilib, ularning ijrosi bo‘yicha muddatlari belgilandi. 🗣Bizni kuzatishda davom eting👉 t.me/JondorKengashi