Bugun “Adolat” mahallasi “Yangi O‘zbekiston” qiyofasida tantanali ravishda ochildi. Ushbu ochilish marosimi ko‘tarinki ruh, milliy qadriyatlar va zamonaviy bunyodkorlik uyg‘unligida o‘tkazildi.
Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlari tomonidan ushbu bayram shukuhi, quvonchli lahzalar va samimiy uchrashuvlar suratlarda jonlantirildi. Tadbir davomida mahalla ahlining birdamligi, yangi bunyod etilgan infratuzilma va obodonlashtirish ishlari alohida e’tirof etildi.