Joriy yilning 31-mart kuniXalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolovalar tomonidan Abay mahallasida o‘rganish ishlari amalga oshirildi. O‘rganish davomida:
ichki ko‘cha yo‘llarining holati,
tungi yoritish tizimi,
hududdagi tirbandliklar,
yo‘l-transport hodisalari yuz berayotgan nuqtalarda xavfsizlik choralarini kuchaytirish masalalari atroflicha ko‘rib chiqildi.
Aniqlangan kamchiliklar yuzasidan mutasaddi tashkilotlarga tegishli ko‘rsatma va tavsiyalar berilib, muammolarni bosqichma-bosqich bartaraf etish bo‘yicha aniq chora-tadbirlar ishlab chiqildi.
Hududda yo‘l infratuzilmasini yaxshilash, xavfsizlikni ta’minlash va aholining turmush sharoitini yanada oshirish borasidagi ishlar tizimli ravishda davom ettiriladi.