Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

#Deputatlik faoliyati

🔰Xalq deputatlari Ohangaron shahar Kengashi deputatlari F. Mashkurova, M. Mo‘minov hamda Oybek Abdullayev tomonidan Davlat xizmatlari markazi va FHDYo organlarida fuqarolarga xizmat ko‘rsatish holati o‘rganildi.

♻️O‘rganish davomida aholiga ko‘rsatilayotgan xizmatlarning sifati, tezkorligi va qulayligi tahlil qilindi. Shuningdek, fuqarolar uchun yaratilgan shart-sharoitlar, jumladan, kutish zallari, elektron navbat tizimi hamda murojaatlar bilan ishlash jarayoni alohida e’tiborga olindi.

✅Jarayonda aniqlangan ayrim kamchiliklar yuzasidan mas’ullarga tegishli tavsiyalar berildi hamda xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilandi.

Slide 1 of 4