Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Davlat dasturi loyihalari asosida ta’mirlash ishlari yuzasidan deputat nazorati
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati oʻrganildi
янв.21
Deputat Mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“Yoshlar maslahat guruxi” a`zolari bilan uchrashuv
янв.21
Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida
янв.21
Pop tuman Kengashida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi amalda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Sultonov Pop tumanida
янв.21
Pop tumanidagi Mustaqillik MFY hududida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
Deputatlik_faoliyatidan

✅✅✅✅

Shirin shahrida mahallalardagi muammolar o‘rganildi

 Xalq deputatlari Shirin shahar Kengashi raisi Umidjon Haydarov, shahar hokimi, deputat Dilfuza Kambarova va kotibiyat mudiri Mastura Salimovalar bilan birgalikda Mirzo Ulug‘bek mahallasida o‘rganish ishlarini olib bordi. Tashrif chog‘ida hududdagi mavjud muammolar bevosita ko‘zdan kechirildi.

Shuningdek, aholining kundalik hayotida uchrayotgan muammolar, ularning taklif va murojaatlari tinglandi.

Natijada aholiga xizmat ko‘rsatish sifati, ko‘p qavatli uy-joylardagi quvur tizimidagi kamchiliklar hamda yo‘laklarda mavjud muammolar borligi aniqlandi. Mazkur masalalar aholi uchun qator noqulayliklar keltirib chiqarayotgani qayd etildi.

Ayrim muammolar joyning o‘zida hal etildi. Qolgan masalalarni bartaraf etish, infratuzilmani yaxshilash va aholiga qulay sharoitlar yaratish yuzasidan mas’ul tashkilot rahbarlariga aniq topshiriqlar berildi. Belgilangan vazifalar ijrosi alohida nazoratga olindi.

Slide 1 of 4