Xalq deputatlari Chortoq tuman Kengashi deputati,tuman hokimi Ilhomjon Sattarov, Kengash huzuridagi “Yoshlar maslahat guruhi” rahbari, deputat Sarvarbek Murodillaevlar tomonidan tumandagi Axborot-kutubxona markazida o‘rganish olib borildi.
O‘rganish jarayonida kitobxonlarga yaratilgan sharoitlar ko‘zdan kechirildi, kitobxon yoshlar bilan samimiy muloqot qilib, kitob mutolaasining inson kamolotidagi o‘rni va ahamiyati haqida fikr almashildi.
Shuningdek, yoshlarga muntazam kitob o‘qish, bilim va dunyoqarashni kengaytirish bo‘yicha zarur tavsiyalar berildi.