Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“Yoshlar maslahat guruxi” a`zolari bilan uchrashuv
янв.21
Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida
янв.21
Pop tuman Kengashida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi amalda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Sultonov Pop tumanida
янв.21
Pop tumanidagi Mustaqillik MFY hududida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHDA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
“Deputat nazorati”
DEPUTATLIK O‘RNI BO‘SH BO‘LSA-DA, HUDUDDA SAYLOVCHILAR MANFAATLARI YO‘LIDAGI ISHLAR TO‘XTAB QOLMAYAPTIMI?

Xalq deputatlari tuman Kengashida deputatlik o‘rni vakant bo‘lib turganiga qaramasdan, hududda saylovchilar muammolarini o‘rganish, aholi bandligini ta’minlash hamda ijtimoiy qo‘llab-quvvatlash ishlarini izchil davom ettirishga alohida e’tibor qaratilmoqda.

Shu maqsadda Xalq deputatlari tuman Kengashi kotibiyati mudiri G. Shermatova Degaron mahallasiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida mahalladagi hokim yordamchisi bilan uchrashuv o‘tkazilib, hududdagi ijtimoiy-iqtisodiy holat atroflicha muhokama qilindi.

Xususan, mahalladagi ishsiz fuqarolar soni, ularni ish bilan ta’minlash borasida amalga oshirilayotgan chora-tadbirlar, ijtimoiy reestrga kiritilgan aholi qatlamiga ko‘rsatilayotgan yordamlar hamda bandligi ta’minlangan fuqarolar to‘g‘risidagi ma’lumotlar o‘rganildi.Uchrashuv yakunida mazkur yo‘nalishlardagi ishlar samaradorligini yanada oshirish, aholi muammolarini manzilli hal etish va doimiy deputatlik nazoratini yo‘lga qo‘yish yuzasidan tegishli vazifalar belgilab olindi.

Slide 1 of 1