Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

O'rganish

Xalq deputatlari Uchquduq tuman Kengashi kotibiyat mudiri M.Kamolova hamda kotibiyat bosh mutaxassisi T.Xaydarov tomonidan Mustaqillik mahalla fuqarolar yig‘inida xotin-qizlar faoli faoliyati o‘rganildi.

O‘rganish davomida:

— xotin-qizlarning ijtimoiy faolligini oshirish,

— ularning bandligini ta’minlash,

— muammolarini aniqlash va manzilli hal etish,

— oilalarda sog‘lom ijtimoiy muhitni mustahkamlash borasida amalga oshirilayotgan ishlar atroflicha tahlil qilindi.

 Bu kabi o‘rganishlar mahallalarda ijtimoiy muhitni yanada yaxshilash, xotin-qizlarning jamiyatdagi o‘rnini mustahkamlash hamda ularning huquq va manfaatlarini ta’minlashga xizmat qiladi.

Slide 1 of 4