Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“Yoshlar maslahat guruxi” a`zolari bilan uchrashuv
янв.21
Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida
янв.21
Pop tuman Kengashida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi amalda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Sultonov Pop tumanida
янв.21
Pop tumanidagi Mustaqillik MFY hududida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHDA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
“Deputat nazorati”
Mahalla raisi faoliyati tahlil qilindi

Xalq deputatlari Termiz shahar Kengashi deputati O.Sharofutdinova o‘z saylov okrugi hududida navbatdagi nazorat-tahlil tadbirini o‘tkazdi.

💬O‘rganishlar davomida okrugdagi “Gulira’no” mahalla fuqarolar yig‘ini raisining faoliyati Davlatimiz rahbarining 2023-yil 21-dekabrdagi PF-209-sonli Farmoni (https://lex.uz/docs/-6705763) talablari asosida atroflicha ko‘rib chiqildi.

💬Tahlil jarayonida quyidagi masalalarga alohida e’tibor qaratildi:

🔅“Mahalla yettiligi” tizimining samarali hamkorligi;

🔅Mahalla hududidagi ijtimoiy-ma’naviy muhit barqarorligi;

🔅Mahalla obodonchiligi; 

Aholi murojaatlari bilan ishlash va mavjud muammolarni hal etishdagi mas’uliyat;

🔅Farmonda belgilangan yangi vakolatlardan qay darajada foydalanilayotgani.

 

⏺“Mahalla raisi shunchaki rahbar emas, u xalq dardi bilan yashaydigan, muammolarni tizimli hal qila oladigan shaxs bo‘lishi kerak. PF-209-sonli Farmon barcha mahalla raislaridan yangicha ishlashni va yuqori mas’uliyatni talab etadi,” — deya ta’kidladi O.Sharofutdinova.

🫥Yakunda aniqlangan kamchiliklar yuzasidan deputat o‘z tavsiyalarini berdi.

Slide 1 of 4