Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“Yoshlar maslahat guruxi” a`zolari bilan uchrashuv
янв.21
Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida
янв.21
Pop tuman Kengashida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi amalda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Sultonov Pop tumanida
янв.21
Pop tumanidagi Mustaqillik MFY hududida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHDA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
“Deputat nazorati”
SAYLOVCHILAR OLDIDA HISOBOT BERILDI

Urganch shahar Do‘stlik mahalla binosida mahalla deputati Xalq deputatlari shahar Kengashi raisi, deputat P.Ro‘ziboyev o‘z saylovchilar bilan navbatdagi uchrashuvini tashkil etilib, unda deputat tomonidan amalga oshirilgan ishlar, ko‘tarilgan muammolar yuzasidan olib borilgan sa’y-harakatlar hamda mahalla hududini ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish borasida bajarilgan vazifalar yuzasidan hisobot berildi. Uchrashuv davomida saylovchilar tomonidan bildirilgan taklif va murojaatlar ham atroflicha tinglanib, ularni hal etish bo‘yicha tegishli chora-tadbirlar belgilab olindi. 

Shuningdek, mahalla hududiga biriktirilgan boshqaruv-servis kompaniyalari vakillarining hisobotlari ham eshitildi. Hisobotlarda ko‘p qavatli uy-joy fondini saqlash, hududlarni obodonlashtirish, kommunal xizmatlar sifati, tozalikni ta’minlash, muhandislik tarmoqlaridan samarali foydalanish hamda aholiga qulay shart-sharoit yaratish borasida amalga oshirilgan ishlar xususida ma’lumotlar berildi. 

Muhokamalar jarayonida mavjud muammolar, aholining e’tiroz va takliflari, xizmat ko‘rsatish sifatini yanada oshirish, mas’uliyatni kuchaytirish hamda tizimli ishlash bo‘yicha zarur vazifalar belgilandi. Ta’kidlanganidek, bu kabi ochiq muloqotlar mahalla hududidagi dolzarb masalalarni o‘z vaqtida aniqlash, ularni manzilli hal etish va aholining deputat hamda mas’ul tashkilotlarga bo‘lgan ishonchini mustahkamlashda muhim ahamiyat kasb etadi. 

Slide 1 of 1