Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
Deputat saylovchilar bilan dolzarb masalalarni muhokama qildi
янв.21
Davlat dasturi loyihalari asosida maktabni ta’mirlash ishlari yuzasidan deputat nazorati
янв.21
Xalq deputatlari tuman Kengashining korrupsiyaga qarshi kurashish va xavfsizlik masalalari bo‘yicha doimiy komissiyasining navbatdagi yig’ilishi bo’lib o’tdi.
янв.21
Deputat mahallada.
янв.21
Madad” NNT va Xalq deputatlari Pop tuman Kengashi kotibiyati o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolandi.
янв.21
Tuman Kengashida navbatdagi doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
🌱 “Bir yaxshilik haqida” – Kelajak soati
янв.21
Tuman Kengashining navbatdagi sessiyasi bo‘lib o‘tdi.
янв.21
Қонун лойиҳаси депутатлар муҳокамасида
🚰 Ko‘p qavatli uyda suv ta’minoti masalasi deputat nazoratida

Xalq deputatlari Ishtixon tumani Kengashi deputati U.Nurmuxamedov tomonidan Ishtixon tumani Qoraqo‘yli mahallasi Navro‘z ko‘chasi 40-uy manzilida joylashgan ko‘p qavatli turar joy binosida yuzaga kelayotgan suv ta’minoti muammosi yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi yuborildi.

Aholi va saylovchilar bilan o‘tkazilgan uchrashuvlar davomida mazkur uyda istiqomat qiluvchi fuqarolar tomonidan ichimlik suvi nasos qurilmasining tez-tez nosoz holatga kelib qolayotgani sababli xonadonlarda suv ta’minotida uzilishlar yuzaga kelayotgani bildirildi.

Ma’lum bo‘lishicha, nasos qurilmasi 2025-yil davomida bir necha marotaba ishdan chiqqan bo‘lib, uy aholisi muammoni vaqtincha bartaraf etish maqsadida o‘z mablag‘lari hisobidan ta’mirlash ishlarini amalga oshirishga majbur bo‘lgan.

Shuningdek, suv ta’minotidagi uzilishlar xonadonlardagi isitish tizimi faoliyatiga ham salbiy ta’sir ko‘rsatib, aholiga qo‘shimcha noqulayliklar tug‘dirmoqda.

Shu munosabat bilan deputat tomonidan holatni joyida o‘rganish, nasos qurilmasini to‘liq ta’mirlash yoki zarur bo‘lsa yangisiga almashtirish hamda uy aholisini barqaror suv ta’minoti bilan ta’minlash yuzasidan tegishli tashkilotga deputat so‘rovi kiritildi.

📌 Qonunchilikka muvofiq, deputat so‘roviga 10 kun muddatda rasmiy javob taqdim etilishi lozim.

✅ Aholining kundalik hayotiga bevosita ta’sir qiluvchi kommunal xizmatlar bilan bog‘liq masalalar deputat nazoratida.

Slide 1 of 1