Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“Yoshlar maslahat guruxi” a`zolari bilan uchrashuv
янв.21
Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida
янв.21
Pop tuman Kengashida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi amalda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Sultonov Pop tumanida
янв.21
Pop tumanidagi Mustaqillik MFY hududida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHDA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
“Deputat nazorati”
⚖️ Kvota — ish beruvchilar uchun majburiyat

📌 Oʻzbekiston Respublikasi Maʼmuriy javobgarlik toʻgʻrisidagi kodeksi 50-moddasiga O‘RQ-1109-son Qonun bilan kiritilgan o‘zgartirishlar orqali Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlariga davlat qoʻshimcha kafolatlarni taʼminlaydigan shaxslarni ish bilan ta’minlash bo‘yicha yangi vakolatlar berildi.

Endilikda Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hududdagi korxona va tashkilotlar uchun eng kam ish o‘rinlari (kvota) belgilaydi. Bu degani, har bir tashkilot ushbu kvota asosida ijtimoiy himoyaga muhtoj shaxslar uchun ish o‘rinlari yaratishi majburiy hisoblanadi.

🏢 Ish beruvchilar nimalarga majbur?

✔️ Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashi tomonidan belgilangan kvota asosida ish o‘rinlarini yaratish;

✔️ Bandlik organlari yuborgan fuqarolarni ishga qabul qilish;

✔️ Kasbga tayyorlash yoki malaka oshirish kurslaridan o‘tgan shaxslarni ishga joylashtirish.

❗️ Bo‘sh ish o‘rni mavjud bo‘la turib, ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ishga qabul qilmaslik qonun buzilishi hisoblanadi.

💰 Javobgarlik:

🚫 Kvota asosida ish o‘rinlari yaratilmasa yoki ishga qabul rad etilsa, mansabdor shaxslarga BHMning 10–20 baravarigacha jarima qo‘llaniladi.

🔁 Agar huquqbuzarlik bir yil davomida takrorlansa: BHMning 20–30 baravarigacha oshiriladi.

Mazkur o‘zgartirishlar orqali Xalq deputatlari tuman (shahar) Kengashlari hududdagi ijtimoiy himoyaga muhtoj fuqarolarni ish bilan ta’minlash tizimini nazorat qilish va ish beruvchilarni majburiy javobgarlikka tortish imkoniga ega bo‘ldi.

Xalq deputatlari Ishtixon tuman Kengashi deputati Abdurazzaqov Faxriddin Yoqubovich 

Slide 1 of 1