Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Hokim yordamchilari tomonidan amalga oshirilayotgan ishlar samaradorligi oʻrganildi.
янв.21
Deputat mahallada: “Ijtimoiy reestr”ga kiritilgan fuqaro xonadoni o‘rganildi.
янв.21
Xalq deputatlari Pop tuman Kengashida doimiy komissiya yigʻlishi boʻlib oʻtdi
янв.21
Mahallalarda aholi va bolalar uchun sport inshootlari holati o‘rganildi.
янв.21
Pop tuman Kengashida doimiy komissiya yig`ilishi bo`lib o`tdi.
янв.21
Madad maslahat huquqiy byurosi bilan hamkorlik
янв.21
Popda yana bir mahalla zamonaviy qiyofa kasb etmoqda!
янв.21
Sog‘liqni saqlash — doimiy e’tibor markazida!
янв.21
Davlat dasturi loyihalari asosida ta’mirlash ishlari yuzasidan deputat nazorati
янв.21
Paxtakor mahallasida jinoyatchilikka qarshi kurash holati oʻrganildi
Marg‘ilon shahrida aholining murojaatlari asosida hududlardagi muammolarni o‘rganish va ularni bartaraf etish bo‘yicha amaliy ishlar davom etmoqda.

Xalq deputatlari Marg‘ilon shahar Kengashi deputatlari Z.Domilayev va B.Obidov kotibiyat mudiri A.Ermatov hamrohligida Uvaysiy mahallasi Toshkent ko‘chasida istiqomat qiluvchi fuqarolarning murojaati yuzasidan joyiga chiqib o‘rganish olib bordilar. 

Mazkur murojaatda ko‘chada yomg‘ir suvlari to‘planib qolayotgani hamda bu holat yo‘l qatnovi va aholining harakatlanishiga noqulaylik tug‘dirayotgani ta’kidlangan.

O‘rganish jarayonida deputatlar va mutasaddilar hududdagi mavjud holatni ko‘zdan kechirib, yomg‘ir suvi oqimini to‘g‘ri yo‘naltirish hamda ko‘chani asfaltlashtirish zarurligini qayd etdilar.

Mutaxassislar bilan birgalikda muammoni bartaraf etish bo‘yicha tegishli taklif va tavsiyalar ishlab chiqilishi belgilandi.

Slide 1 of 3