Yangiliklar

So‘ngi yangiliklar

янв.21
Deputat Mahalla yettiligi bilan uchrashuvi
янв.21
DEPUTAT MAHALLADA
янв.21
“Yoshlar maslahat guruxi” a`zolari bilan uchrashuv
янв.21
Orom mahalla binosi foydalanishga topshirilish arafasida
янв.21
Pop tuman Kengashida Mahalliy budjet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohotlar masalalari bo‘yicha doimiy komissiya yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
янв.21
Deputat tashabbusi amalda
янв.21
O'zbekiston Respublikasi Oliy Majlis qonunchilik palatasi deputati Nuriddin Sultonov Pop tumanida
янв.21
Pop tumanidagi Mustaqillik MFY hududida fuqarolar tomonidan bildirilgan murojaat asosida o‘rganish ishlari olib borildi.
янв.21
AHOLI TURMUSH FAROVONLIGINI OSHIRISHDA DEPUTATLIK NAZORATI
янв.21
“Deputat nazorati”
Navoiyda shaxmat bo‘yicha U-20 O‘zbekiston chempionati start oldi!

 Navoiyda shaxmat bo‘yicha U-20 O‘zbekiston chempionati start oldi!

Bugun Navoiy viloyati, Qiziltepa tumanidagi muhtasham “To‘dako‘l” Xalqaro shaxmat maktabida 20 yoshgacha bo‘lgan yoshlar o‘rtasida O‘zbekiston chempionati o‘z ishini boshladi.

Musobaqaning tantanali ochilish marosimida Navoiy viloyati Yoshlar ishlari boshqarmasi boshlig‘i hamda “To‘dako‘l” Xalqaro shaxmat maktabi direktori so‘zga chiqib, musobaqani rasman ochib berdi. Ishtirokchilarga omad tilab, ushbu chempionat kelajak chempionlarini kashf etishda muhim qadam ekanligi ta’kidlandi. 

Ma’lumot oʻrnida bahslar o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida alohida guruhlarda, aylanma tizimda (11 tur) standart yo‘nalish bo‘yicha o‘tkazilmoqda. Har bir guruhda saralangan 12 nafar kuchli shaxmatchi dona suradi.

G‘oliblar qimmatbaho sovrinlar bilan birga 2026-yilgi O‘zbekiston chempionati (Oliy liga) yo‘llanmasini ham qo‘lga kiritadilar!