Ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish – vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirishdir
15.04.2025
🔷 Xalq deputatlari Farg‘ona tuman Kengashi deputati Axrorbek Erkaboev tumandagi 28-sonli maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilari bilan uchrashuv o‘tkazdi.
🔷 Uchrashuv davomida A.Erkaboev O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoevning joriy yilning 5-mart sanasada Korrupsiyaga qarshi kurashish milliy Kengashi yig‘ilishida ishtirok etib, yig‘ilishda yurtimizda korrupsiyadan holi muhit yaratish bo‘yicha amalga oshirilgan ishlar va kelgusida belgilangan chora-tadbirlar haqida bildirgan fikrlarini aytib, ushbu ta’lim dargohida faoliyat olib borayotgan yosh avlod tarbiyachilaridan “Ta’lim sohasida korrupsiyaga qarshi immunitetni shakllantirish – vatanparvarlik tuyg‘ularini shakllantirish”da faol bo‘lishga chaqirdi.