Bugun xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashining 7-chaqiriq
V-sessiyasi bo`lib o`tdi.
Sessiya kun tartibida:
1. Fuqarolar yig`inlari raislari sayloviga tayyorgarlik ko`rish hamda uni o`tkazish to`g`risida;
2. Jalaquduq tumanida 2025-yil uchun bandlik dasturini tasdiqlash to`g`risida;
3. Jalaquduq tumani ma`muriy-hududiy chegarasini belgilash bo`yicha amalga oshirilgan ishlarining
yakuniy natijalarini tasdiqlash to`g`risida;
4. Xalq deputatlari Jalaquduq tumani mahalliy bdyujet, tadbirkorlikni rivojlantirish va iqtisodiy islohatlar masallari bo`yicha doimiy komissiyaning 2025-yil 12-fevraldagi DKQ/3-25-sonli “O`zboshimchalik bilan egallab olingan yer uchastkalarini hamda ularda qurilgan binolar va inshootlarni aniqlash ishlarini tashkil etish bo`yicha ishchi guruhi tarkibini, shuningdek yer uchastkasiga hamda unda qurilgan binolar va inshootlarga bo`lgan huquqlarni e`tirof etishga ko`maklashish bo`yicha jamoatchilik guruhi tarkibini tasdiqlash to`g`risida”gi qarorini tasdiqlash to`g`risida;
5. Xalq deputatlari Jalaquduq tuman Kengashi doimiy komissiyalarining 2025-yil uchun ish rejalarini tasdiqlash to`g`risida;
6. Yoshlar ishlari agentligi Jalaquduq tuman bo`limining 2024-yil davomida olib borgan ishlari
yuzasidan xisoboti to`g`risida;
7. Jalaquduq tuman soliq inspesiyasi rahbari A.Sobirovning 2024-yil davomida soliq inspeksiyasi
tomonidan olib borigan ishlar yuzasidan xisoboti to`g`risidagi masalalar muhokama etildi.